O‘zbekiston | 08:26 / 31.01.2022
1493
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda IIV xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: IIV axborot xizmati

Xorazm viloyatida yashovchi fuqaro Yu.R. Qoraqalpog‘iston IIV xodimiga pora taklif qilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yu. R. Amudaryo tumani hududida jinoyat sodir etgan. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi mayor B.Xodjametov pora berish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudga yubormasdan, ijobiy hal qilishda amaliy yordam berishini aytib, evaziga 20 mln so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Mazkur holat yuzasidan mayor B.Xodjametov vazirlik rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan joriy yilning 28 yanvar kuni fuqaro Yu.R. 20.000.000 (yigirma million) so‘m pullarni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi pora bilan qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid