O‘zbekiston | 21:38 / 31.01.2022
10526
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida daraxt kesildi. Zarar 118 mln 705 ming so‘m

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Toshkent viloyati Ohangaron tumani Eyvalik hududida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda bir dona qimmatbaho daraxt – qayrag‘och kesilishi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Mazkur tadbir davomida yana 5 ta qayrag‘och daraxti kesilishdan saqlab qolindi.

Qayd etilishicha, daraxt kesgan shaxslarga nisbatan MJtK 79-modda 1-qismi bilan 1 mln 350 ming so‘m jarima hamda o‘simlik dunyosiga 118 mln 705 ming so‘m zarar hisoblandi.

Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Holatga oydinlik kiritilgunga qadar ehtiyot chorasi sifatida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar vaqtinchalik Ohangaron tumani IIBda ushlab turilibdi.

Eslatib o‘tamiz, daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy e’lon qilingan.

Mavzuga oid