Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Nexia ustunga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Toshkent shahri Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 rusumli avtomobil yo‘l chetidagi beton ustunga urildi. Hodisa oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 31 yanvar kuni yarim tunda yuz bergan. Shu kuni soat 02.20 larda Muxbir ko‘chasida haydovchi - 1998 y.t, U.F. Nexia-3 rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.
Natijada avtoulov haydovchisi U.F. olingan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga olib borilganida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:03 / 28.01.2026
IIV Jazoni ijro etish departamentiga boshliq tayinlandi
10:15 / 26.01.2026
Ahmad Donish ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi
09:53 / 19.12.2025
Olmazor tumani ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
11:12 / 11.12.2025