O‘zbekiston | 10:48 / 02.02.2022
6789
3 daqiqa o‘qiladi

3 fevral kuni ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin

«O‘zgidromet» 3 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid