O‘zbekiston | 08:22 / 02.02.2022
6453
3 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tibbiyot muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Unga ko‘ra, ayrim tibbiyot muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek:

  • sog‘liqni saqlash tizimining statistika ko‘rsatkichlari tezkorligini, ishonchliligi va xolisligini ta’minlaydigan xalqaro standartlarga asosan shakllantirilgan tibbiyot axboroti va statistikasi yagona elektron tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  • xususiy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun shart-sharoit va raqobat muhitini rivojlantirish;
  • davlat tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi:

  • Moliya vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi hamda bolalar sanatoriylari ixtisosligini o‘zgartirish orqali surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bolalar uchun bolalar tibbiy reabilitatsiya markazlari tashkil etish 2022 yildan boshlab to‘liq joriy etilishini;
  • Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining miqdorini 80 foizga yetkazish, ushbu tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlarni yana 5 yilga uzaytirish, zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalari tashkil etish va mavjudlarini yanada rivojlantirish choralari ko‘rilishini;
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda 2022-2024 yillar mobaynida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xalqaro akkreditatsiyaga ega 250 dan ziyod laboratoriyalarini tashkil etish, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlarini 2022-2025 yillar davomida tizimli davom ettirish hamda respublika aholisini koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid