Jahon | 20:51 / 03.02.2022
6195
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla 817 mingdan ortiq avtomobilini nosozligi sababli chaqirib oladi

Kompaniya Model S, Model X, Model 3s va Model Y modellarini chaqirib oladi.

Foto: Tesla

Tesla Inc kompaniyasi xavfsizlik kamari taqilmaganligi to‘g‘risidagi ovozli signal bilan bog‘liq muammo sababli 817 ming 143 dona avtomobilini chaqirib oladi

AQSh trassalardagi harakat xavfsizligi milliy boshqarmasining (NHTSA) bildirishicha, kompaniya avtomobillarida xavfsizlik kamari taqilmaganligi to‘g‘risidagi ovozli signal har doim ham ishlamaydi.

"Shu sababli bu avtomobillar mexanik transport vositalarining xavfsizlik standartlari talablariga javob bermaydi", - deyiladi boshqarma xabarida.

Kompaniya 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model S va Model X, 2017-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3s va 2020-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model Y modellarini chaqirib oladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid