Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Malibu’dan sovuq qurollar va psixotrop dori vositalari topildi
Toshkent shahrida davlat raqami Andijon viloyatiga tegishli Malibu avtomobili to‘xtatib tekshirilganda ichidan sovuq qurollar va psixotrop dori vositalari topilgan. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 3 fevral kuni Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Malibu rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilgan.
Avtomobilda bo‘lgan fuqarolarning yonidan 1 dona kastet, 1 dona temir teleskopik dubinka, 1 dona pichoq, 2 dona «Tropikamid», 23 dona «Regapen» nomli psixotrop dori vositalari va sellofanga o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli, saqichsimon moddalar topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda bo‘lgan fuqarolar va aniqlangan vositalar Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirilgan.
Mavzuga oid
23:15 / 14.03.2026
Avtobus uchun ajratilgan bo‘laklarda boshqa mashinalar yurmasligi uchun kameralar o‘rnatyapmiz - hokim o‘rinbosari
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
09:08 / 14.03.2026
Lahor–Toshkent yo‘nalishidagi ilk yuk reysi 17 tonna go‘sht olib keldi
22:31 / 13.03.2026