14 fevral kuni O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz
Respublika Gidrometeorologiya markazi 14 fevral, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; Ustyurtda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Navoiy viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Jizzax viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Surxondaryo viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan 17-22 metr/sekundgacha, Farg‘ona viloyatida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Bundan oldinroq 13–15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

16:26 / 27.03.2025
Aprelda ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

13:58 / 24.03.2025
O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

11:04 / 11.03.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

15:07 / 07.03.2025