27 aprel kuni Moskva şahri va Moskva oblastida qor yoğdi. Qor, yaxmalak va kuçli şamol tufayli şaharda «xavfning töqsariq rangli darajasi» e’lon qilingan.
Gidrometeorologiya markazi aniqlik kiritişiça, Moskva şahri va Moskva oblastida yoğingarçilik hamda tezligi soniyasiga 18-23 metrga yetayotgan kuçli şamol kun oxirigaça töxtamaydi. «Fobos» ob-havo markazi mutaxassisi Yevgeniy Tişkovetsning aytişiça, Moskvada oylik normaning yarmi tuşgan.
Moskvaning ayrim rayonlarida şamol va qor tufayli daraxtlar yiqilgan. Metroning Arbat-Pokrovsk liniyasida daraxt temiryölga qulaşi oqibatida «Partizanskaya» va «Şçelkovskaya» bekatlari oraliğidagi uçastkada poyezdlar harakati töxtab qolgan.

«Baza» telegram-kanaliga köra, tunda 50 dan ortiq samolyot qor yoğişi tufayli Vnukovo aeroportidan öz vaqtida uçib ketolmagan. Keyinroq aeroport matbuot xizmati «noqulay ob-havo şaroiti tufayli» reyslarning bir qismi qoldirilgani haqida xabar berdi.

Moskva oblastidagi Dubna va Domodedovo şaharlarida qor yoğişi va daraxtlar qulaşi tufayli elektr ta’minoti qisman uzilgan. Bundan taşqari, Paveletskiy va Savelovskiy yönalişlarida Moskva tomon poyezdlar harakati töxtatilgan.












