Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Malibu piyodani urib ketdi, piyoda vafot etdi
YTH poytaxtning Mirobod tumanida ro‘y bergan.
12 fevral kuni taxminan soat 23:00 da Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida Malibu avtomobilini boshqargan haydovchi I. A. piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH oqibatida 45 yoshli piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026