Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Xitoy bozori uchun maxsus avtomobillar ishlab chiqarishga qaror qildi
Tesla dizayn va loyihalash markazi Xitoy poytaxtida 2022 yilda amalga oshiriladigan asosiy loyihalardan biri bo‘ladi.
Tesla kompaniyasi Pekinda Xitoy bozoriga mo‘ljallangan avtomobillarni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi dizayn markazi ochishga qaror qildi. Kompaniya bu orqali dunyodagi eng yirik avtomobil bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlash rejasini amalga oshirmoqda, deb yozadi South China Morning Pos (SCMP).
Pekin hokimiyatining ma’lumot berishicha, Tesla dizayn va loyihalash markazi Xitoy poytaxtida 2022 yilda amalga oshiriladigan asosiy loyihalardan biri bo‘ladi.
Markaz qurilishi joriy yilda boshlanadi, ammo loyiha qiymati va markaz qachon ochilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Xitoy 2009 yilda AQShni quvib o‘tib, dunyodagi eng yirik avtomobil bozoriga aylangan va o‘shandan buyon bu mavqeni saqlab kelmoqda.
O‘tgan yili Tesla Xitoyda 321 ming dona avtomobil sotgan, bu 2020 yildagiga nisbatan 117 foizga ko‘p.
Tesla — Xitoyda dizaynerlik kompaniyasi ochgan birinchi xorijiy avtokompaniya emas. 1997 yilda General Motors (GM) korporatsiyasi Shanhayda Xitoy bozoriga mo‘ljallangan avtomobillarni loyihalash uchun Panosiyo texnik avtomobil markazini ochgan.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026