O‘zbekiston | 13:42 / 15.02.2022
6884
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi 

Foto: KUN.UZ

18 va 25 fevral kunlari Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga mamlakatga kelishi uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oshiriladi. 

Ushbu poyezdlar 2022 yil 18 va 25 fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.  

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan. 

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz’dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishi ham mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid