O‘zbekiston | 22:32 / 16.02.2022
7729
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmaydi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston maktablarida 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmaydi. Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, bu avvalroq qishki ta’til uzaytirilgani bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til bu yil odatdagidan ikki hafta uzoqroq – 24 yanvargacha davom etgan edi.

Xalq ta’limi vazirligi ta’tilning uzaytirilishini mavsumiy gripp keskin ko‘payishining oldini olish maqsadi bilan izohlagan.

Avvalroq keyingi o‘quv yilidan boshlab 1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va o‘qishdan uyga vazifani baholash bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid