Qayd etilişiça, milliy öquv dasturiga köra 1- va 2-sinf öquvçilari uçun uy vazifalari olib taşlanganligi bois uyga vazifani baholaş bekor qilinadi.
Uyga vazifalarning olib taşlanişiga birinçi sabab ularning amalda samarasiz topşiriqqa aylangani bölsa, ikkinçidan darslardan çarçab borgan quyi sinf öquvçilari uyda köproq dam olişlari lozim deb qaralmoqda.
Samarasiz topşiriq deganda öquvçi bajarib kelgan uyga vazifalar yöl-yölakay tekşirilayotgani yoki deyarli tekşirilmayotgani, öquvçi xato va yutuqlarini yetarli anglab olişi uçun vaqtning yetişmasligi nazarda tutilgan.
“Öquvçilar “a’lo” baho oliş uçun yaxşi özlaştiruvçi sinfdoşlari yoki uy vazifalar joylanuvçi turli saytlardan kör-körona köçirib keliş holatlari köpaygan.
Uy vazifalar baholanmaydi degani, bu bola uyda umuman dars qilmaydi, degani emas. Fan dasturiga könikmalarni şakllantiruvçi ayrim loyihaviy topşiriqlar kiritilgan. Ota-onasi va yaqinlaridan tegişli mavzularda ma’lumot olib keliş, döstiga tabrik xati yoziş kabilar şular jumlasidan”, deyiladi ma’lumotda.
Bildirilişiça, çoraklik baholarni kundalik olingan baholarga qarab qöyiş amaliyoti bekor qilinadi.
2022-2023 -öquv yilidan boşlab kundalik yiğilgan baholar çoraklik bahoga ta’sir qilmaydi. Kundalik baho rivojlantiruvçi ahamiyatga ega, çoraklik baho esa erişilgan marrani tekşiriş uçun xizmat qiladi. Bu ikki baholaşni özaro qoriştiriş sifatga ta’sir qiladi.
Yillik bahoni çoraklik baholar asosida qöyiş amaliyoti bekor qilinadi. Yil oxirida öqituvçi öquvçilar uçun qöyilgan minimal talabga javob bera olişini tekşiriş uçun imtihon ötkazişi lozim. Har çorakdagi baho bu minimal talabni bajara olişi yoki olmasligini yaqqol körsatib bera olmaydi.











