Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yadroviy xavfsizlik sohasida bitim tasdiqlanadi
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida axborot almashish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida axborot almashish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini amalga oshirish maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bitim O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov tomonidan imzolangan.
Bitim muqaddima va 9 ta moddadan iborat bo‘lib, radiatsiya va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi hamda yadroviy avariyalar sodir bo‘lganda transchegaraviy oqibatlarni minimallashtirish maqsadida ikki tomonlama tezkor ma’lumot almashinuvini tartibga soladi.
Bitim:
- avariya holatlarida harakat qilish va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi ma’lumotlarni tezkor va ishonchli tarzda olishga;
- avariyaning rivojlanishiga qarab, radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishlarini prognoz qilishga;
- aholining salomatligiga va tabiiy muhitga radiatsiyaviy avariya oqibatlarining ta’sirini tezkor ravishda baholashga;
- radiatsiyaviy vaziyat o‘zgarishlarining tahlili va prognozi natijalarini tomonlar bir-biriga tezkor taqdim etishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
20:27 / 26.06.2026