O‘zbekiston | 15:29 / 17.02.2022
28435
8 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilar qarorgohi: O‘zbekiston Senatining yangi binosiga fotosayohat

2021 yil noyabr oyida Oliy Majlis Senatining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bunga qadar Tashqi ishlar vazirligi foydalanib kelgan 6 qavatli bino to‘liq qaytadan ta’mirlandi, zarur qo‘shimcha binolar ham qurildi. Kun.uz qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatning yangi qarorgohidan fotoreportaj taqdim etadi.

Shahar markazida joylashgan yangi bino tashqaridan qaraganda ham ancha salobatli ko‘rinadi. / Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Binoning birinchi qavatida asosan moddiy-texnik ta’minot bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar va tibbiyot punktlari joylashgan.

Xonalar, bo‘limlar, Senat raisi va o‘rinbosariga tegishli xonalar joylashuvi haqida ma’lumot beruvchi lavh / Foto: KUN.UZ

Senatning asosiy yalpi majlislari bo‘lib o‘tadigan majlislar zaliga bir qancha kirish nuqtalari bor. Dastlabkisi – martabali mehmonlarni kutib olishga mo‘ljallangan asosiy eshik.

 Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Asosiy eshikdan kirganda nisbatan kichikroq zalga o‘tiladi. Bu zalga asosiy binoning ichidan ham kirib kelish mumkin.

Foto: KUN.UZ

Yuqoridagi kichik zal orqali katta va yorug‘ foyega chiqiladi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Ushbu foye o‘z navbatida qo‘shma majlislar bo‘ladigan katta zal oldidagi yana bir zalga olib chiqadi.

Foto: KUN.UZ

Ushbu zal devorlarida turli qo‘lyozma asarlarning nusxalari va milliy naqshlar bilan bezatilgan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Shuningdek, zalga senatorlar va yalpi majlislarga kelgan hukumat a’zolari hamda OAV vakillari uchun hovlining ichida ham tekshiruv asosida kirish qismi bor.

Foto: KUN.UZ
Asosiy zalga olib boruvchi yana bir kichik foye / Foto: KUN.UZ

Endi, Senat yalpi majlislari va Oliy Majlis palatalari qo‘shma yig‘ilishlari o‘tkaziladigan asosiy majlislar zaliga o‘tamiz. Ikki qavatli va ikki taboqli naqshinkor yog‘och eshiklardan kirishingiz bilan zaldagi hashamat va dabdabani his qilasiz.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Zalning markazida Senat raisi va o‘rinbosarlari, jumladan majlislar o‘tkazishga mas’ul rahbarlarning joyi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Aynan ushbu zalda 2021 yil 6 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi ham bo‘lib o‘tgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

428 o‘rinli majlislar zalida barcha senatorlar avtomatlashtirilgan tizim orqali ovoz berishi mumkin. Buning uchun har bir o‘rindiqda maxsus qurilmalar o‘rnatilgan, senatorlar o‘zlarining ID kartalari yordamida ovoz berishadi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Shuningdek, zalda jurnalistlar va tadbirning boshqa mehmonlari uchun 100 o‘rinli joy ham ajratilgan.

Foto: KUN.UZ

Majlis qatnashchilari uchun o‘rnatilgan mebellarda barcha qulayliklar bor.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Asosiy zal tadbirlarda so‘zga chiqqan senatorlar va boshqa qatnashchilarni asosiy ekranga yoki Zoom platformasiga ulash imkoniga ega 9 ta kamera bilan jihozlangan.

Foto: KUN.UZ

Bundan tashqari, zalda bir qancha xavfsizlik kameralari va jonli efirga mo‘ljallangan 3 katta kamera hamda to‘liq WiFi zona mavjud.

Foto: KUN.UZ

Zaldagi barcha texnikalar bir maromda ishlashi operatorlar tomonidan nazorat qilib turiladi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Zalning yuqori qismi katta qandil va moviy naqshlar bilan bezatilgan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Asosiy zalning pastki qismiga tushamiz. Bu yerda ham shifti baland bo‘lmagan katta foye hamda dam olish joylari bor.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Binoning pastki qismida jurnalistlar uchun 30-40 o‘rinli matbuot markazi mavjud.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Shuningdek, bu yerda senatorlar uchun kutubxona ham tashkil etilgan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Endi asosiy binoga qaytamiz. 6 qavatli binoning eng yuqorisida Senat raisi Tanzila Norboyevaning kabineti, Senat muzeyi hamda Senat kengashining majlislar zali joylashgan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Qolgan 2-5 qavatlarda ham Senat qo‘mitalari majlislari uchun yana 4 ta kichikroq, lekin hashamdor zallar bor.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Shuningdek, senatorlar uchun hududlar bo‘yicha taqsimlangan alohida xonalar ham mavjud.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Yangi binoning liftlari pandemiya talablari asosida jihozlangan, shuningdek bu yerda nogiron shaxslar harakatlanishi uchun ham imkoniyatlar bor.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Umuman olganda, qimmatbaho qizg‘ish yog‘och, yorqin marmarlar va qandillar uyg‘unligida jihozlangan binoning hashamati har qadamda bilinib turadi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Bundan tashqari, Senat binosining yonginasida senatorlar tomonidan fuqarolar qabulxonasi uchun alohida bino tayyorlangan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Oliy Majlis Senati binosining hovli taraf va tashqaridan ko‘rinishi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining yuqori palatasi hisoblangan Senat – oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Senatorlar – viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istondan, jami 14 ta hududdan olti kishidan saylanadi. Yana 16 nafar Senat a’zosi davlat va jamiyat faoliyatining turli soha namoyandalari orasidan prezident tomonidan tayinlanadi.

Jami 100 nafar senatorning faqat 15 nafari doimiy asosda Senat binosida faoliyat yuritadi. Qolgan senatorlar hududlarda, o‘z ish joylarida bo‘lib, Senat yalpi majlislarida qatnashadi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va uning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev / Foto: Senat axborot xizmati

Senatning asosiy funksiyasi – Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunlarni tasdiqlab, prezidentga yuboradi, yoki rad qilib, quyi palataning o‘ziga qaytaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida Senatning boshqa vazifalari ham belgilangan. Xususan, prezident taqdimiga binoan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raisini saylash, DXX raisi, Bosh prokuror va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish bo‘yicha prezident farmonlarini tasdiqlash hamda prezident taqdimiga binoan chet davlatlardagi O‘zbekistonning diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish Senatning mutlaq vakolatlariga kiradi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, Senat a’zolarining senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi hamda ular daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Ya’ni senatorlar Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.

Farrux Absattarov,
Kun.uz muxbiri


Suratlar muallifi:
Muhiddin Nido.

Fotoreportaj Oliy Majlis Senati axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Mavzuga oid