O‘zbekiston | 11:32 / 18.02.2022
1788
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda o‘tgan yili necha kishi avtohalokat oqibatida vafot etgani ochiqlandi

Viloyatda 2021 yilda sodir etilgan 436ta YTHning 92tasi o‘lim bilan yakunlangan. 344ta avtohalokatda insonlar turli darajada tan jarohati olishgan.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, inson o‘limi bilan bog‘liq YTHlar Kogon, Jondor, Vobkent, Peshko‘, Olot va Qorako‘l tumanlarida oshgan. Avtohalokatlarning 143tasi xalqaro, 101tasi davlat, 90tasi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida sodir etilgan.

Avtohalokatlar tahliliga ko‘ra, ularning 48tasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish, 91tasi tezlikka rioya etmaslik oqibatida sodir bo‘lgan. Shuningdek, 123ta piyodalarni urib yuborish holati kuzatilgan hamda bolalar ishtirokida 40ta YTH ro‘y bergan.

Mavzuga oid