Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Cobalt bilan to‘qnashgan Nexia 3 kanalga tushib ketdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Buxoroda Nexia-3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-3 kanalga tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 19 yanvar kuni Buxoro shahar "Jo‘bor" MFY hududidan harakatlanayotgan Nexia-3 va Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-3 mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan.
Bu haqda o‘sha zahoti Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida Nexia-3 mashinasini kanaldan olib chiqqan.
Dastalbki surishtiruvda Nexia-3’da haydovchining o‘zi bo‘lgani va mashina kanalga tushib ketishi arafasida u sakrab qolishga ulgurgani aniqlangan. Shu sababli hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Mavzuga oid
10:50 / 20.02.2026
Mirobod tumanida 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026