Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Metro qurilishini Mustaqillik bayramigacha yakunlash niyatidamiz» – Prezident
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot va Sergeli tumanlarida bo‘lib turibdi. Qator obektlardan so‘ng tumanlar faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
“Bir paytlar Sergelini ikkiga bo‘lib, Yangihayot tumanini tuzganimizda, “Yangihayotda hayot bo‘larmikin?” degan shubhalar bo‘lgandi. Lekin 300 mingdan ortiq aholini boshqarish, farovonligini ta’minlash uchun bu chora zarur edi. Hozir bu tumanda ko‘plab ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Mana, Sergeliga metro keldi. Umuman, metro qurilishini Mustaqillik bayramigacha yakunlash niyatidamiz. Bizda bunday qurilish tizimi yo‘qolib ketgandi, demak bu soha ham biz uchun yangilik.
Men Samarqandda aytgandim – Toshkentda tramvay faoliyatini tiklaymiz. Xavfsiz, arzon transportni yo‘lga qo‘yamiz. Lekin yetti o‘lchab bir kesamiz, qaysi marshrutlarda yo‘lga qo‘yishni qayta-qayta o‘rganamiz.
Bu tumandagi 30 ta mahallaga 60 ta qo‘shimcha kuch olib keldik. Endi bu qarorlar natijasida odamlar nima manfaat ko‘radi – mana shu savollarga javob topishimiz kerak. Xudo xohlasa 1-2 yil o‘tadi, xalqimizning o‘zi bunga baho beradi. Chunki yakka-yu yagona yo‘limiz shu”, – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
17:55 / 25.05.2026
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
13:40 / 20.05.2026