O‘zbekiston | 08:45 / 22.02.2022
4348
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati Chimboy tumanini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida boshqa viloyatlarga, jumladan, Chimboy tumani Navoiy viloyatiga biriktirilgan edi. Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Chimboyda bo‘lib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan vaqt mobaynida Uchquduq, Tomdi, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi tumanlaridan mas’ullar Chimboyda bo‘lib, 10 dan ortiq turli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni olib borishgan. Xususan, Uchquduq va Tomdi tumanlari hokimlarining o‘rinbosarlari 4 kun davomida Chimboy tumanida bo‘lib, hududning Yusupov massividan ajratilgan 1 090 gektar maydonda 5 ta loyihani amalga oshirishni belgilab olishgan. Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklarining hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Shuningdek, Konimex tumani hokimligi tomonidan Chimboy tumanining Toza jol ovuli Bo‘zatov bo‘limida mayda shoxli mollarni ko‘paytirish bo‘yicha 300 boshdan 2 ta otar tashkil qilingan. Qiziltepa tumani mas’ullari tomonidan esa 1 ta chorvachilik kompleksini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. 

Mavzuga oid