Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors 2022 yilda amalga oshiriladigan rejalarni ma’lum qildi
O‘zbekistonda yetakchi va millionlab mijozlarga ega kompaniya UzAuto Motors o‘zining 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar strategiyasini ishlab chiqdi.
Ma’lumki, global miqyosdagi yarimo‘tkazgichlar tanqisligi jahon bo‘yicha navbatlarni yuzaga keltirdi va bu o‘z navbatida butun dunyo bo‘ylab avtomobil narxlarining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keldi.
Shunday vaziyatda UzAuto Motors kompaniyasi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan mavjud muammolar sababli yuzaga kelgan avtomobillarga bo‘lgan navbatlarni kamaytirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- Lacetti, Cobalt, Damas avtomobillarining ishlab chiqarish hajmini oshirishga erishildi;
- import bojlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi;
- 2022 yil yozida Asaka zavodida Tracker avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
UzAuto Motors’ning bu yilgi rejalari O‘zbekiston va xorij sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan bo‘lib unda ekologiya xavfsizligi, hamyonbop narxlar, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish masalalari asosiy o‘rin tutadi. Kompaniya tomonidan ekologik muammolarning oldini olish maqsadida elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Xitoyning BYD kompaniyasi bilan olib borilayotgan muzokaralar buning isbotidir.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida navbatlarni kamaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham tahsinga loyiq. Kompaniya bu boradagi ishlarni allaqachon boshlab yuborgan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi
18:45 / 27.12.2024