O‘zbekiston | 12:16 / 24.02.2022
5608
2 daqiqa o‘qiladi

Bizga keladigan investor “gazing, sveting, suving bormi?” deb so‘raydi – prezident

Elektr energiyasi yetishmasligi haqida minglab e’tirozlar kelib tushadi, ularning yechimi bo‘yicha muntazam ishlash kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Beruniydagi uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Taxiatosh elektrostansiyasi 65 yil avval qurilgan, bugungi kun talablariga javob bera olmaydi. Shuning uchun borlari quvvatini oshirib borish bilan birga, yangi va innovatsion quvvatlarni ham yo‘lga qo‘yyapmiz.

Bizga keladigan investorlar avval so‘raydi – gazing, suving, sveting bormi, aeroportlaring ishlab turibdimi, korrupsiya jilovlanganmi, deydi. Biz bunga munosib javob berishimiz kerak. Navoiyda quyosh elektr stansiyasini qurdik, endi navbat shamol energiyasiga, buni ham bajaramiz. Agar bu loyiha to‘liq ishga tushsa, 110 ming aholi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Hozir Qoraqalpog‘istonda hamma rahbarlar ishlayapti. Birorta tuman e’tibordan chetda qolmaydi. Maqsadimiz - hudud iqtisodiyotini, salohiyatini ikki barobar oshirish. Qorao‘zakda kon-metallurgiya barpo etish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib boryapmiz, bu loyihani ham boshlaymiz. Qayta ta’kidlayman, Beruniy tumanida katta iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyati bor”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid