Sport | 16:52 / 24.02.2022
23252
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston milliy jamoasi guruhdagi raqiblarini bilib oldi

2023 yilda Xitoy maydonlarida bo‘lib o‘tuvchi Osiyo Kubogining yakuniy saralash bosqichiga qur’a tashlandi. 

2023 yilda Xitoy maydonlarida bo‘lib o‘tuvchi Osiyo kubogining yakuniy saralash bosqichiga qur’a tashlandi. 

OFK futbol tadbirlari bo‘limi boshlig‘i o‘zbekistonlik Avaz Berdiqulov tomonidan o‘tkazilgan qur’ada O‘zbekiston milliy jamoasi «C» guruhidan o‘rin olishi ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu guruhda «oq bo‘rilar»ga Tailand, Maldiv orollari va Shri Lanka raqiblik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi saralashidagi uchrashuvlari Namangan shahridagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tadi. Milliy jamoa o‘yinlari 8, 11 va 14 iyun sanalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid