Osiyo futbol konfederatsiyasi Özbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi. OFK rasmiy saytida xabar berilişiça, tartib-intizom qömitasi Özbekiston futbol assotsiatsiyasini ikkita holat böyiça jami 340 ming dollar miqdorida jarimaga tortiş töğrisida qaror çiqargan.

Bunga 10 iyun kuni JÇ-2026 saralaşi doirasida Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida Özbekiston va Qatar uçraşuvida bir qator qoidalar buzilgani sabab sifatida keltirilgan. Xususan, öyindan keyin Özbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKning ruxsatisiz yopiliş marosimini taşkil qilgan.

Marosimda futbolçilarni mukofotlaş uçun ajratilgan BYD avtomobillari maydonga olib çiqilgandi. Bu bilan ÖFA marketing huquqlarini himoya qilişda OFK va uning tijorat hamkorlarini qöllab-quvvatlamagan va «ambuş-marketing» holatlarining oldini olmagan deb topilgan.

Şuningdek, ÖFA OFKga rasmiy tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanlari va intervyular ötkazişda ham zarur yordam körsatmagani uçun jazolangan.

Qayd etilişiça, OFK mezbonlardan stadion hududida, maydon içida va atrofida öz homiylari brendlaridan boşqa brendlar bölmasligini qat’iy talab qiladi. Çunki, OFK JÇ saralaş öyinlari uçun har bir mezbon jamoaga pul tölaydi.

Bundan taşqari, OFK 22–28 iyul kunlari bölib ötgan «Mirabror Usmonov xotirasi kubogi-2025» xalqaro turnirini taşkil etişda qoidabuzarlik holatini qayd etgan. Assotsiatsiya musobaqani avtorizatsiya qiliş uçun keç sörov yuborgan, bu takroriy davrda yettinçi qoidabuzarlik bölgan.

Uşbu epizod böyiça OFK futbol assotsiatsiyasini 1500 dollar jarimaga tortdi.