Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kubogi mezbonlarini tanlaş jarayonlari bekor qilingani haqida milliy federatsiyalarni rasman xabardor etdi, deb yozdi Reuters.

Turnir mezbonligiga Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonning qöşma arizasi ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Bekor qilinişiga sabab FIFA taşabbusi bölib, u qit’a turnirlari jadvalini özgartiriş va ularni juft yillarga köçirişni taklif qilgan. Muhokamalardan söng OFK bu taklifga rozi böldi.

Nima özgaradi?

Asosiy oqibat - turnirlarning töliq köçirilişi: Osiyo kubogi-2031 endi 2032 yilga rejalaştirilgan, Osiyo kubogi-2035 esa 2036 yilga köçirilgan. Şunday qilib, turnirni ötkazişning an’anaviy tizimi buziladi va musobaqalar boşqa vaqt oraliğida ötkaziladi. Şu bilan birga, Osiyo Kubogi-2027 reja böyiça öz muddatida bölib ötadi.

Osiyo Kubogining juft yillarga köçirilişi yana bir muammoni keltirib çiqarmoqda - boşqa konfederatsiyalarning eng yirik turnirlari bilan bir vaqtga töğri kelmoqda. Endi bir yil davomida quyidagi musobaqalar ötkazilişi mumkin: Yevropa çempionati (UYeFA Yevro), Amerika Kubogi (Copa America), Osiyo Kubogi.

FIFA nega tizimni özgartirmoqda?

Özgarişlar xalqaro taqvimni markazlaşgan holda boşqariş bilan boğliq. FIFA allaqaçon 2030 yilgaça bölgan global musobaqalar rejasini tasdiqlagan bölib, unda milliy jamoalar öyinlari uçun oynalar, saralaş turnirlari, final bosqiçlari va örtoqlik öyinlari aniq körsatilgan. Uşbu tizimda har bir konfederatsiya umumiy jadvalga moslaşişi kerak. Osiyo Kubogi qarori - mana şu katta islohotning bir qismi.

Mezbonlikka nomzodlar bilan vaziyat qanday?

Turnirlar sanasining özgarişi mezbonlikka da’vogarlarning barça arizalarini avtomatik ravişda bekor qiladi. Bu şuni anglatadiki, mezbonlarni tanlaş jarayoni qaytadan boşlanadi, hamma yangi tartibni kutişiga töğri keladi. OFK amalda ikki turnirga tayyorgarlik siklini qaytadan boşlaydi.

2031 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligiga Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Kuvayt, Janubiy Koreya, şuningdek, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston qöşma ariza topşirgan edi. Endi Özbekistonning yangi turnirlar mezbonligi uçun ariza topşirişi masalasi noma’lum. Hozirça, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) vaziyatga munosabat bildirmadi.