Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov Telegram yuqori bosim bilan ishlayotganini aytdi
Telegram asoschisi Pavel Durov Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar tufayli messenjer Yevropada yuqori bosim sabab qiynalib ishlayotganini ma’lum qildi.
«Bugungi bo‘layotgan voqealar sabab Telegram'ning Yevropa klasteri katta bosimga uchramoqda. Shu sabab ba’zi foydalanuvchilar Telegram faoliyatida sekinlashni sezishlari mumkin.
Bugun insonlar yaqinlari bilan xavfsiz xabar almashish imkonini beradigan servisga har qachongidan ko‘ra muhtoj ekani ko‘rindi. Xabarlar tez yetib borishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», deb yozdi Durov Telegram-kanalida.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin jang maydonidan rasm va videolar asosan Telegram messenjeri orqali tarqalmoqda. OAV ham asosan Telegram orqali tezkor axborotlarni uzatmoqda.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026