Jahon | 07:29 / 25.02.2022
47372
2 daqiqa o‘qiladi

«Dushman menga «1-raqamli nishon» deb belgi qo‘ydi» - Zelenskiy 

Shuningdek, u dushman uning oilasini «ikkinchi raqamli nishon» sifatida belgilaganini aytdi.

Videodan kadr

Ukraina prezidenti xalqqa yangi murojaat bilan chiqdi. U Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari natijasida 137 kishi halok bo‘lgani va 316 kishi yaralangani haqida gapirdi. Video Zelenskiyning instagramiga joylashtirildi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar orasida Zmeiniy orolining barcha chegarachilari ham bor. Orol, mamlakat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari nazoratiga o‘tgan. Halok bo‘lgan chegarachilarga «Ukraina qahramonlari» unvoni beriladi. 

Zelenskiy, shuningdek, o‘zi Rossiya harbiylari uchun «birinchi raqamli nishon» sifatida belgilanganini ta’kidladi. Biroq, u Kiyevning hukumat kvartalida qolmoqda. Prezident fuqarolarni yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslik, komendantlik soatiga rioya qilish va ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. 

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, dushman meni birinchi raqamli nishon qilib qo‘ygan. Mening oilam - ikkinchi nishon”, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlayapti, ammo hech kim mamlakat bilan birga jang qilishga tayyor emas. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yolg‘iz qolmoqda. 

“Ularning hammasi qo‘rqyapti. Biz esa Rossiya bilan gaplashishdan qo‘rqmaymiz. Biz davlatimiz uchun xavfsizlik kafolatlari haqida gapirishdan qo‘rqmaymiz. Biz neytral maqom haqida gapirishdan qo‘rqmaymiz”, dedi Zelenskiy.

Mavzuga oid