O‘zbekiston | 21:48 / 01.03.2022
8642
2 daqiqa o‘qiladi

Sakkiz nafar sudya intizomiy jazoga tortildi

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun turli viloyatlarda ishlayotgan sakkiz nafar sudya intizomiy jazoga tortildi.

Jumladan;

  • Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining raisi A. Bobomurodov;
  • Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari I. Mirzayeva;
  • Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi G. Tojiboyeva;
  • Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyalari E. Abdullayev, D. Olimov;
  • Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyalari M. Abidov, Z. Nuriddinov;
  • Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Sh. Ochilov intizomiy jazoga tortildi.

Avvalroq, o‘n nafar sudya mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun jazolangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid