O‘zbekiston | 12:47 / 03.03.2022
17725
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zgidromet» hafta oxirida chang to‘zoni kuzatilishidan ogohlantirdi
Joriy yilning 4-6 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 4-5 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 martda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.