Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2021 yilda Hindistondan 300 mln dollarlik dori import qilgan
2021 yilda 63 ta davlatdan farmatsevtika mahsulotlari import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foto: Getty Images
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari import qilingan.
Qayd etilishicha, farmatsevtika mahsulotlari importi hajmi 2020 yil bilan solishtirilganda 437 mln AQSh dollariga oshgan.
2021 yilda O‘zbekiston eng ko‘p farmatsevtika mahsulotlarini import qilgan davlatlar orasida Hindiston yetakchilik qilmoqda – 300,8 mln dollar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda Xitoy (290,6 mln dollar), Rossiya (145 mln dollar), Ukraina (86 mln dollar), Germaniya (78 mln dollar), Vengriya (74 mln dollar), Latviya (68,5 mln dollar) va Turkiya joy olgan (66 mln AQSh dollari).
Bundan oldin O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori o‘rinni egallagan 10 ta davlat ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:05
O‘zbekistonga mol go‘shti importi qisqara boshladi. Narxlar ham oshgan
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
19:15 / 01.05.2026