Davlat statistika qömitasi Özbekistonning yanvar oyidagi taşqi savdo aylanmasi qaysi davlatlar bilan amalga oşirilgani haqida ma’lumot berdi.

Özbekistonning taşqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilmoqda – 621 mln dollar. Bunda, eksport – 157,1 mln, import 463,8 mln dollar.

Keyingi örinlardan mos ravişda Rossiya (573,3 mln dollar, eksport – 180,7 mln, import 392,6 mln dollar) va Qozoğiston (266,8 mln dollar, eksport – 60,9 mln, import 205,8 mln dollar) joy oldi.

Taşqi savdo aylanmasida qolgan davlatlar körsatkiçi quyidagiça:

  • Turkiya – 266,1 mln, eksport – 121,6 mln, import 144,5 mln dollar;
  • Koreya – 213,4 mln, eksport – 2,3 mln, import 211 mln dollar;
  • Qirğiziston – 60,3 mln, eksport – 51,3 mln, import 9 mln dollar;
  • Ukraina – 48,9 mln, eksport – 13,3 mln, import 35,6 mln dollar;
  • Germaniya – 45,3 mln, eksport – 5,7 mln, import 39,5 mln dollar;
  • Hindiston – 44,5 mln, eksport – 1,6 mln, import 42,9 mln dollar;
  • Tojikiston – 43,1 mln, eksport – 32,9 mln, import 10,2 mln dollar.

2022 yilning yanvar oyida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga teng böldi.

Taşqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1,4 mlrd dollarni taşkil qildi. Bunda: mahsulotlar – 1,2 mlrd dollar, xizmatlar – 176,5 mln dollar.

Şuningdek, savdo aylanmasida import hajmi 2,1 mlrd dollarga teng böldi. Bunda: mahsulotlar – 1,9 mlrd dollar, xizmatlar – 147,1 mln dollar.