Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada bo‘lgan 94 nafar o‘zbekistonlik Ruminiyadan evakuatsiya qilinadi
Moldovada bo‘lib turgan 94 nafar o‘zbekistonlik Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilinadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 9 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 245 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 35 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetmagan shaxs va 3 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 10 martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 282 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi.
“Moldova hududida bo‘lgan 94 nafar fuqaro O‘zbekiston diplomatlari hamrohligida Moldova-Ruminiya chegarasini kesib o‘tdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ularni maxsus reys bilan Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026