Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomin tumanidagi YTH qurbonlari soni 8 nafarga yetdi
Zomin tumani hududida KIA va Nexia 2 mashinalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: IIB axborot xizmati
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining voqea yuzasidan bergan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2022 yil 13 mart kuni soat 14:50 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-40 Dashtobod-Zomin-G‘allaorol avtomobil yo‘lining Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan o‘tuvchi 2-kilometrida sodir bo‘lgan.
KIA rusumli mashina harakatlanib kelib Nexia 2 mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda 2 kishi voqea joyida, 6 kishi shifoxonaga yetkazilgandan so‘ng ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
KIA mashinasi haydovchisi I.A. tan jarohatlari bilan Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026