Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 5 million rubl ish haqi undirib berildi
Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 5 million rubl miqdoridagi ish haqi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.
Rossiyaning «Stroyservis» va «Koch Konstrakshn» korxonalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 152 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari oylik ish haqini undirib berishni so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.
Vakolatxona xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam berish maqsadida ular yashab turgan xostelga borilib, yuzaga kelgan muammo o‘rganildi. Muammoni hal etish maqsadida Rossiya prokuraturasi, Tergov qo‘mitasi va politsiya xodimlariga murojaat qilindi.
Rossiya huquq tartibot idoralari hamkorligida fuqarolarning bir oylik maoshlari, ya’ni 5 million rubl undirib berilgan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda mazkur ish beruvchilarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan va Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026