Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:56 / 15.03.2022
18083
2 daqiqa o‘qiladi
9 ta hududda sel xavfi e’lon qilindi
Joriy yilning 16-19 mart kunlari O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi.
Ushbu hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq tumanlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:37 / 24.03.2026
Hafta davomida harorat +30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
11:35 / 19.03.2026