Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquq faollari Ukrainadan rossiyalik asirlarni namoyish etmaslikni so‘radi
Huquq faollari bu harbiy xizmatchilarning huquqlari to‘g‘risidagi Jyeneva konvensiyasiga zid ekanini aytishgan. Xususan, ularning haqoratlar yoki omma e’tiboridan himoyalanish huquqi buzilayotgani ta’kidlangan.
Human Righs Watch xalqaro tashkiloti Ukraina rahbariyatiga murojaat qilib, rossiyalik asirlar va ularning shaxsiy ma’lumotlari aks etgan videolarni namoyish etmaslik va tarqatmaslikni so‘radi.
Huquq faollarining qayd etishicha, rossiyalik harbiy xizmatchilar bosim ostida o‘z nomlarini ochiqlashi, hujjatlarini ko‘rsatishi, o‘z qismlari nomerlarini aytishi, shuningdek boshqa shaxsiy ma’lumotlarini berishi, xususan, o‘zi yashaydigan manzil va ota-onasi manzillarini ma’lum qilishi aks etgan videolar doimiy ravishda Ukraina qurolli kuchlari va mudofaa vazirligining yuz minglab kishilar obuna bo‘lgan sahifalarida e’lon qilib borilmoqda.
Tashkilot 10 mart kuniyoq shunday talab bilan Ukraina hukumatiga murojaat qilgani, ammo hozirgacha javob bo‘lmaganini qayd etgan.
HRW harbiy asirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Jyeneva konvensiyasi ularga har qanday sharoitda ham insoniy munosabatda bo‘lishni, shuningdek, qo‘rqitish, haqorat va jamoatchilik e’tiboridan himoyalashni, so‘roq jarayoni va ularning har qanday shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilishni taqiqlashni talab etishini eslatgan.
HRW ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatlarini ham Jyeneva konvensiyasini buzuvchi kontentlarning tarqatilishi oldini olish uchun o‘z siyosatini o‘zgartirishga chaqirgan.
- Qayd etish kerakki, urush boshlanganidan buyon Ukraina tomoni rossiyalik harbiylar so‘roq qilinishi aks etgan o‘nlab videolarni namoyish etdi. Ayrim hollarda ulardan Ukrainaga shon-sharaf tilash talab etilgan. Bundan tashqari, harbiy asirlar ishtirokida kamida ikki bor matbuot anjumani o‘tkazildi, bu tadbirlarda asirlar o‘zlari jalb etilgan harakatlar oqibatlarini tasavvur qilishmagani haqida gapirishgan.
Mavzuga oid
10:40 / 13.04.2023
Ukrainalik asirlar qatli aks etgan videolar tarqaldi: bu haqda nimalar ma’lum?
23:42 / 24.03.2023
BMT Ukrainadagi urushda harbiy asirlarni o‘ldirish bo‘yicha 39 ta holatni qayd etdi
17:07 / 16.02.2023
«Asosiysi – tirik va sog‘-salomatman, ona». Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar lageridan reportaj
22:25 / 21.11.2022