«Sizlarning ko‘nglingiz ham kiygan libosingiz kabi oq» – Shavkat Mirziyoyev
Ayni paytda Xalqaro forumlar saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
“Sizlar bilan ko‘rishib turganimdan xursandman. Sizlarning ko‘nglingiz ham kiygan libosingiz kabi oq. Men nima uchun bu muloqotni tashkillashtirdim? Joylardagi rahbarlar, vazirlar va hatto prezident bugun shu muammolarni muhokama qilmasak, yechimini izlamasak, ertaga kech bo‘ladi.
Qiyin iqtisodiy davrda yashayapmiz. Tasavvur qilinglar, pandemiya bo‘lmaganda qancha imkoniyatlarimiz bo‘lardi. Lekin men birinchi kundan bir narsani aytganman – bir kishining hayoti men uchun muhim.
Lekin mana shu pandemiya ham bizga saboq bo‘ldi, kamchiliklarimizni bilib oldik. Birorta davlat o‘zining ichki muammolarini hal qilmasdan taraqqiyotga erishmagan. Asosiy maqsadimiz xalqimiz salomatligi, farovonligi.
Bugungi muloqotda biz-birimizni tushunib ishlashimiz kerak. Men nima uchun iqtisodchini vazir qilib olib keldim, hamma sohalarda ham transformatsiya ketyapti. Biz endi hisob-kitobni ham o‘rganishimiz kerak.
Men uchun 35 mln.lik aholining har kunlik tinchligi muhim. Dunyo kurashlardan iborat. Jonajon vatanimiz ertangi kunini to‘g‘ri tushunib, tahlil qilib, ilm bilan, yangi texnologiyalar bilan harakat qilmasak ertaga kech bo‘ladi.
Bu muloqotga 25 mingdan ortiq savol kelib tushdi. Lekin ularning 60 foizi shaxsiy masalalar. Buning ham o‘ziga yarasha sababi bor – shuncha muammo joylarda hal bo‘lmagan. Ammo biz hammasini so‘zsiz bajaramiz degan balandparvoz gaplardan yiroq bo‘lishimiz kerak.
Men sizlarning libosingiz, ko‘nglingiz pok dedim. E’tibor berdingizmi, bugun havo ham poklik ramzini berdi, qor yog‘di”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024