Jahon | 21:25 / 19.03.2022
7260
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Ukrainani 3,3 milliondan ortiq kishi tark etganini ma’lum qildi

Ukrainaliklarning katta qismi Polshaga yo‘l olmoqda: mamlakatga 2,01 mln nafar ukrainalik kelgan. Ularning aksariyati keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga o‘tib ketgan. 

Foto: Pierre-Yves Thienpont - LESOIR

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon mamlakatni 3,3 milliondan ortiq inson tark etdi, yana 6,5 million kishi mamlakatning boshqa regionlariga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Le Figaro gazetasi qochqinlar bo‘yicha BMT oliy komissari boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, ukrainlarning katta qismi Polshaga yo‘l olmoqda: mamlakatga 2,01 mln nafar ukrainalik kelgan. Ularning aksariyati keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga o‘tib ketgan. 

Ruminiyaga 518 mingga yaqin, Moldovaga 359 ming kishi o‘tgan. Shuningdek, Vengriyaga 299 ming, Slovakiyaga 240 ming kishi kirgan.

Rossiyaga 184 mingga yaqin, Belarusga 2548 nafar qochqin o‘tgan.

Ularning 90 foizga yaqini bolalar va ayollardir.

BMT avvalroq Ukrainani 4 millionga yaqin kishi tark etishi mumkinligini bildirgandi.

Mavzuga oid