Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXM katta mutaxassisi 6 ming dollar bilan ushlandi
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Foto: O‘zA
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, 1995 yilda tug‘ilgan R.B. xizmat vakolatidan foydalanib, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro R.Sh. bilan jinoiy til biriktirgan holda, tumandagi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan yer maydoni hududida tikuvchilik hamda pishiriq ishlab chiqarish sexlari qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 12 ming AQSh dollari talab qilib, kelishilgan mablag‘dan 6 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:15
Har qachongidan ko‘rkam va mahobatli: Imom Buxoriy majmuasidan fotoreportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026
Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda qo‘lga olindi
08:52 / 19.03.2026