Jahon | 13:58 / 21.03.2022
14209
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

Xitoyning China Eastern aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan.

Foto: Global Look Press

Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib berilgan xabarga ko‘ra, voqea Guansi-Chjuan avtonom rayonida yuz bergan.

«China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegishli, 132 yo‘lovchi bilan uchib ketayotgan Boeing 737 samolyoti Guansi-Chjuan avtonom rayoni, Uchjou shahri okrugi, Ten uezdida halokatga uchradi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Kunmin shahridan Guanchjou shahriga MU5735 reysini amalga oshirgan. Qurbon bo‘lganlar soni ma’lum emas.

Halokat joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Flightradar24 portali ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Kunmindan mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 10:15 da) havoga ko‘tarilgan. Taxminan 1 soatdan keyin samolyotning tezligi keskin pasayib, balandlikni yo‘qota boshlagan. So‘ngra radarlar ekranidan yo‘qolgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid