Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada Rossiyaning 45 nafar diplomati josuslikda gumonlanmoqda
Shu munosabat bilan Rossiyaning Varshavadagi elchisi Sergey Andreyev Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.
Polsha hukumati 45 nafar rossiyalik diplomatni josuslikda gumonlanuvchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Polsha ichki xavfsizlik agentligi vakili Stanislav Jarin ma’lum qildi.
Avvalroq Onet portali Polsha hukumati 40 nafarga yaqin rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgani haqida xabar bergandi.
Onet manbalarining so‘zlariga ko‘ra, shu munosabat bilan Rossiyaning Varshavadagi elchisi Sergey Andreyev Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.
Qayd etilishicha, Rossiya diplomatlarining faoliyati Polsha xavfsizligiga tahdid solgan va buni josuslik deb atash mumkin.
Avvalroq Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya rossiyalik diplomatlarni o‘z hududlaridan chiqarib yuborgandi.