Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston statistika sohasidagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi
“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Rasmiy statistika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
Bitim 2013 yil 31 may kuni Minsk shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Davlat statistika qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
11:32
O‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshdi
13:44 / 23.03.2026
2 oyda O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 1,8 mlnga yetdi
08:22 / 23.03.2026
2000 yildan beri temiryo‘lda yo‘lovchi tashish qanday o‘zgardi?
14:40 / 21.03.2026