O‘zbekiston | 07:33 / 31.03.2022
3455
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish reja-jadvali;
  • 2022 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi;
  • 2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi.

Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markaziga:

  • haftalik, oylik va yillik asosda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari kesimida o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha ma’lumotlarni doimiy ravishda joylashtirish;
  • respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari bo‘yicha ro‘yxatni shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish topshirildi.

Mavzuga oid