2025 yil 13 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon savdo va investitsiyalar vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Made in Central Asia sanoat brendini shakllantirish va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi mintaqa davlatlari o‘rtasida savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsion ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi. Ushbu yig‘ilish mintaqaviy iqtisodiy muloqotni institutsional asosda rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida qayd etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev, Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda, Turkmanistonning savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agahanov, Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Elnur Aliyev, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo va investitsiya uchun mas’ul rahbarlari o‘zaro savdoni rivojlantirish va sanoat integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

  • o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard AQSh dollariga yetkazish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish;
  • Made in Central Asia brendi ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish;
  • xalqaro moliya institutlari va yirik investorlarni infratuzilma va sanoat loyihalariga jalb etish.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro savdosi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda.

2017 yilda tovar ayirboshlash hajmi 3,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich ikki baravaridan ortiq o‘sib, 6,9 mlrd dollarga yetdi.

Shu jumladan:

  • Qozog‘iston bilan savdo hajmi 4 mlrd dollarga yaqinlashgan;