Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxachqal’adan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
Parvozlar 29 martdan boshlab seshanba va payshanba kunlari amalga oshirilmoqda.
Redwings aviakompaniyasi Maxachqal’adan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Ular seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi, deb xabar berdi Maxachqal’a aeroporti matbuot xizmati rahbari Sapura Magomedova TASSga.
«29 martdan Redwings aviakompaniyasi Maxachqal’adan Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar seshanba va payshanba kunlari Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi», — dedi Magomedova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxachqal’adan uchish Moskva vaqti bilan soat 07:40 da, Toshkentga qo‘nish mahalliy vaqt bilan 12:35 da amalga oshiriladi, parvoz davomiyligi 2 soat-u 55 daqiqani tashkil qiladi. Ortga parvoz mahalliy vaqt bilan soat 04:45 ga, Maxachqal’a aeroportiga yetib borish Moskva vaqti bilan soat 06:10 ga rejalashtirilgan, parvoz vaqti 3 soat-u 25 daqiqani tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga kelayotgan barcha yo‘lovchilar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, kelishidan kamida 48 soat oldin o‘tkazilgan PZR testini topshirishi kerak. Bundan tashqari, yo‘lovchilar O‘zbekistonga yetib kelgach, ekspress antigen testidan o‘tishi lozim.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026