Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norboyeva hamkasblari Matviyenko va Ashimbayevlar bilan uchrashdi
Uchrashuv Olmaota shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi yig‘ilishi doirasida tashkil qilingan.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva joriy yil 29 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va parlamentlararo munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida parlament delegatsiyasi rahbari Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.

Unda parlamentlararo hamkorlikning gender tenglikni ta’minlash, yoshlar siyosatini amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda birgalikda amalga oshiriladigan ishlar ham muhokama qilingan.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
19:25 / 14.11.2025
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:03 / 05.11.2025