Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
Majlisda O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reytinglarda mamlakat o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2026 yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar dasturlari hamda ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yillik rejalari loyihalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishni Oliy Majlis Senati raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Foto: Oliy Majlis Senati
27 fevral kuni Senatda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Oliy Majlis Senati raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, islohotlar natijasida qator xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilangan. Xususan, o‘tgan yilda ustuvor etib belgilangan 20 ta reytingning 12 tasida O‘zbekistonning o‘rni yaxshilandi. Jumladan, “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan O‘zbekistonning suveren kredit reyting kutilmasi ilk bor “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi. Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O‘zbekiston 193 ta davlat orasida 63-o‘rinni egallab, 6 pog‘onaga yuqoriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston yutuqlari ilk marotaba Jahon bankining yangi “Business Ready” reytingida e’tirof etildi. Jumladan, mamlakat 3 ta indikator bo‘yicha izchil islohotlarni amalga oshirgan 29 ta mamlakat qatoriga kiritilib, “Amaliyotning osonligi” yo‘nalishi bo‘yicha 1-guruhda top-10 talikdan joy oldi.
Bundan tashqari, majlis davomida O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi ikkinchi milliy ma’ruza loyihasi ko‘rib chiqilib, qator tavsiyalar berildi. Jumladan, ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash samaradorligini oshirish, pasayish kuzatilgan va o‘zgarishsiz qolayotgan xalqaro reytinglar va ularning tarkibiy indikatorlaridan kelib chiqib islohotlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Shundan so‘ng 2025 yil uchun O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturlarining ijrosi masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
Majlisda O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reytinglarda mamlakat o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2026 yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar dasturlari (“yo‘l xaritasi”) hamda ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yillik rejalari loyihalari ham ko‘rib chiqilib, Respublika kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
08:00 / 26.02.2026
Dunyoda eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan shaharlar reytingi
07:35 / 24.02.2026
Sayyorani boqayotgan ekinlar: jahon reytingi
10:39 / 20.02.2026
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
17:51 / 19.02.2026