O‘zbekiston | 07:36 / 02.04.2022
13213
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.
2022 yil 30 mart holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 70 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 80000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) ➖ 2 500 – 8000 so‘m;
- piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5000 so‘m;
- sabzi (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so‘m;
- tuxum (10 dona) ➖ 6000 – 15000 so‘m;
- guruch (1 kg) ➖ 5000 – 20 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 25000 so‘m;
- shakar (1 kg) ➖ 8500 – 14 000 so‘m.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Bundan oldin bozorlarda go‘sht, piyoz va shakar narxi oshgandi.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
07:31 / 12.11.2024