Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil Xitoydan olib kelingan
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3 436 ta avtomobil.
Bu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Koreya – 1 512 ta
- Qozog‘iston – 502 ta
- Rossiya – 431 ta
- AQSh – 19 ta
- Yaponiya – 15 ta
- Germaniya – 9 ta
- Hongkong – 5 ta
- Turkiya – 4 ta
Qo‘mitaga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 124,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026