Jahon | 14:52 / 05.04.2022
17886
1 daqiqa o‘qiladi
Borrel Yevroittifoq Rossiya gazi importiga umumiy taqiq qo‘ymasligini aytdi
Ma’lum qilinishicha, Vengriya Rossiya gazi importiga taqiq qo‘yilishiga qarshi chiqqan.
Vengriyaning pozitsiyasi tufayli Rossiya gazi importiga Yevropa darajasida taqiq qo‘yilmaydi. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel COPE radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi.
"Yakdil qaror qabul qilishning iloji yo‘q, chunki Vengriya qarorga veto qo‘yishini bildirdi", - dedi u.
"Bugun yangi sanksiyalar paketini tasdiqlamoqchimiz, ammo energetika masalasini hozircha muhokama qilyapmiz", - dedi Borrel.
5 aprel kuni YeI mamlakatlari iqtisodiyot va moliya vazirlari kengashi Rossiyaga nisbatan cheklovlar kiritish masalasini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
22:21
Rossiyaning kelasi yil budjetiga rekord miqdorda harbiy xarajatlar kiritildi
20:38
Putin harbiy xizmatga chaqirish haqidagi qarorni imzoladi. Armiyaga 133 ming rossiyalik olib ketiladi
19:12
Rossiyada noqonuniy migrantlar reyestri e’lon qilinadi
08:10